Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh Turkiyaning Rossiya bilan bank operasiyalari ustidan nazoratni kuchaytirdi

AQSh Turkiyaning Rossiya bilan bank operasiyalari ustidan nazoratni kuchaytirdi

AQSh 2023 yilning yanvarida Turkiyaga nisbatan sanksiya bosimini o‘tkaza boshladi, biroq 2024 yil sentyabr o‘rtalarida uning siyosati "eng og‘ir xarakterga ega bo‘ldi", deya xabar berdi "RIA Novosti" Turkiya davlat bankidagi manbaga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni go‘yoki barcha operasiyalarni nazorat qiladi va pul o‘tkazmalari manbalarini so‘raydi.

Biroq manba Qo‘shma Shtatlar bu ma’lumotlarni qanday asosda talab qilayotganini aytmadi.

Turk eksportchilari davlat idoralariga murojaatlar jo‘natib, Rossiya bilan biznesdagi bank muammolarini hal qilishda yordam so‘ramoqda, biroq hozircha yordam yo‘q, dedi agentlik suhbatdoshi.

"Vedomosti" nashri suhbatdoshlarining fikricha, muammolar Turkiyaning o‘zida ham, Yevropa davlatlarida ham qonunlarga rioya qilishning kuchaytirilishi bilan bog‘liq.

Kiritildi: 23:55 24.09.2024. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!