AQSh Demokratik partiyasi rasmiy ravishda sobiq vise-prezident Jo Baydenni mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida taqdim qildi.
Amerika ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli virtual formatda o‘tayotgan partiya anjumanida shtatlar va hududlardan kelgan delegasiyalar tashkilotlarning natijalarini e’lon qilishdi. Ushbu natijalarga ko‘ra Bayden partiya vakillaridan eng ko‘p ovoz oldi.
3 noyabrdagi saylovlarda Baydenning raqibi mamlakatning amaldagi prezidenti Donald Tramp bo‘ladi.