AQSh Tojikiston bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirishni va erkinlikning asosiy tamoyillarini ilgari surishni istaydi, deyiladi davlat kotibi Entoni Blinkenning mustaqil Tojikiston davlatining 31 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik telegrammida, deb xabar bermoqda RIA Novosti Dushanbedagi Amerika diplomatiya missiyasi matbuot xizmatining xodimi Soro Marodaliyevaga tayanib.
"Biz Tojikiston bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirishni va erkinlikning asosiy tamoyillarini ilgari surishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Bularning barchasi jamiyatning barqarorligi va farovonligi asoslari hisoblanadi. Ishonchim komilki, bizning "S5+1" formatidagi mintaqaviy munosabatlarimiz (Markaziy Osiyo va AQSh) iqlim o‘zgarishiga qarshi global miqyosda kurash olib borishdagi sa’y harakatlarni kuchaytirishga, inson huquqlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga hamda savdo va investisiyaviy imkoniyatlarimizni kengaytirishga hissa qo‘shadi", — deyiladi tabrikda.
Blinkenning ta’kidlashicha, AQSh va Tojikiston umumiy maqsadlarga asoslangan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Madaniy aloqalar va odamlarimiz orasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yishda, shuningdek nafaqat Tojikistonda, balki mintaqada va butun dunyoda terrorchilik tahdidlariga qarshi kurashda birga harakat qilmoqdamiz.
"So‘ngi yillarda mamlakatlarimiz global o‘zgarishlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelganiga qaramay, Qo‘shma Shtatlar bundan keyin ham Tojikistonda barqarorlik bo‘lishi va yuksak taraqqiy etishiga ishonadi", — deya yakunlagan davlat kotibi o‘z tabrigini.
Avvalroq Toshkentda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Patrushev AQSh markaziy qo‘mondanligining Tojikistonda tashkil etgan “Mintaqaviy hamkorlik–2022” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlaridan xavotirini bildirgan edi, lekin Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzoda Tojikiston Rossiya bilan strategik hamkor ekanini ta’kidlab, ushbu hamorlik o‘zgarmas ekanini va ikki mamlakat munosabatlariga hech qanday tahdid yo‘qligini ma’lum qilgandi.