Qo‘shma Shtatlar Isroil va Suriya bilan ikki davlatning xavfsizlik bo‘yicha bitim tuzish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Bu haqda Axios portali AQSh va Isroilning ismi oshkor etilmagan rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hozirda bu kabi masalalar bo‘yicha "dastlabki muhokamalar" davom etmoqda. Isroil va Suriya o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish hozircha ko‘rib chiqilmayapti, deya qayd etadi nashr.