Kaliforniya federal sudi yanvar oyida AQShning Kemp-Pendlton harbiy bazasi hududiga tasodifan kirib qolgani uchun qo‘lga olingan ikki nafar Rossiya fuqarosini ozod qilish haqida qaror chiqardi.
«Sud Nataliya Dudinani zudlik bilan ozod qilish to‘g‘risida hukm chiqardi», — deya RIA Novosti sudning 1 apreldagi qaroridan iqtibos keltirmoqda.
Boshqa bir rossiyalik ayol — Kristinani esa mart oyining oxiridayoq ozod qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.