Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

AQSh Saudiya shahzodasini jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda

AQSh Saudiya shahzodasini jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda

AQSh Milliy razvedka boshlig‘i idorasi jurnalist Jamol Qoshiqchining 2018 yilning 2 oktyabrida Istanbulda o‘ldirilishi to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi va jurnalistni qo‘lga olish yoki o‘ldirish bo‘yicha operasiyani Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning shaxsan o‘zi ma’qullaganini ta’kidladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Razvedka birlashmasining fikricha, shahzodaning mamlakatda qaror qabul qilish ustidan nazorat darajasi shu qadar balandki, qotillik uning roziligisiz amalga oshmasligi mumkin edi.

«Valiahd shahzoda Qoshiqchini qirollikka tahdid sifatida ko‘rgan va uni ‘tinchitish’ uchun zo‘ravonlik choralarini qo‘llab-quvvatlagan», — deyiladi hisobotda.

Hisobotda Saudiya Arabistoni rasmiylari ushbu operasiyani oldindan rejalashtirgani va Qo‘shma Shtatlar Qoshiqchini o‘ldirishda «o‘ta aniqlikda» gumon qilinayotgan 21 kishining ro‘yxati keltirilgan. Shu bilan birga, razvedka ushbu shaxslarni operasiya nima bilan tugashini oldindan bilgan, deb da’vo qila olmaydi.

«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Razvedka hisoboti e’lon qilingandan so‘ng, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken «Qoshiqchi taqiqi» nomli sanksiyalar joriy etilganini e’lon qilingan. Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonining 76 nafar fuqarosiga jurnalist Jamol Qoshiqchining qotilligi yuzasidan viza cheklovlari belgilanadi.

«Men ‘Qoshiqchi taqiqi’ nomi bilan yangi viza cheklovlarini e’lon qilaman… Bu chet el hukumatlari nomidan ish yuritib, oppozisionlarga qarshi shu jumladan, jurnalistlar, faollar yoki faoliyatiga asoslanib oppozision deb hisoblangan boshqa shaxslarni yo‘q qilish, ta’qib qilish, kuzatish, tahdid qilish yoki ularga zarar yetkazish kabi ekstritorial harakatlarda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan viza cheklovlarini joriy etishga imkon beradi»,— dedi davlat kotibi.

«Davlat departamenti, avvalo, ‘Qoshiqchi taqiqi’ga binoan choralar ko‘rdi va 76 nafar Saudiya Arabistoni fuqarosiga viza cheklovlarini kiritdi, ular bizning fikrimizcha, nafaqat Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan, balki chet eldagi boshqa oppozisionlarga tahdid qilgan», — qo‘shimcha qildi Blinken.

Eslatib o‘tamiz, Jamol Qoshiqchi The Washington Post jurnalisti bo‘lgan va o‘z maqolalarida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilgan. U 2018 yilning oktyabr oyida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida boshi tanasidan judo qilinib o‘ldirilgan. Uning jasadi hozirgacha topilmagan.

Turkiya hukumati, AQSh Senati va Markaziy razvedka boshqarmasi jurnalistni o‘ldirish haqidagi buyruqni Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon berganligini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni hukumati esa jurnalistning o‘limini kuch tuzilmalarining shaxsiy tashabbusi deb atagan.

Jinoyatda gumonlanganlar Saudiya Arabistoni sudiga topshirilgan. 2019 yilning dekabr oyida ularning besh nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, yana uch nafariga tayinlangan qamoq jazosining umumiy muddati 24 yilni tashkil etgan.

2020 yilning sentyabrida besh kishiga tayinlangan o‘lim jazosi jurnalistning o‘g‘illari so‘roviga asosan qamoq jazosiga almashtirilgan. 2020 yilning may oyida jurnalistning o‘g‘illari otasining o‘limida aybdor bo‘lganlarni kechirishini ma’lum qilgan. Biroq jurnalistning do‘sti Qoshiqchining o‘g‘illari aybdorlarni kechirish haqida o‘z ixtiyori bilan ma’lum qilganiga shubha bildirgan.

Kiritildi: 14:34 27.02.2021. O'qildi: 2056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!