AQSh Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzini qoralovchi rezolyusiyaga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Strana nashri xabar berdi.
"Umuman olganda, mazkur deklarasiya BMTning Yevropa Kengashi bilan hamkorligiga oid edi, ammo undagi Ukraina bo‘yicha band tufayli AQSh qarshi ovoz berdi. Vashington bunday iboralar “tinchlikka xizmat qilmaydi”, deya munosabat bildirdi", deb yozadi nashr.
Rezolyusiya BMTga a’zo 105 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 9 davlat, xususan, AQSH, Rossiya, Belarus va Eritreya hujjatga qarshi ovoz berdi. 33 mamlakat betaraf qoldi, qolgan mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston ovoz berishda qatnashmadi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp hokimiyatga kelganidan beri AQSh xalqaro institutlarda shunga o‘xshash rezolyusiyalarga doimiy ravishda qarshi ovoz berib kelmoqda.