Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh Rossiyaga yadroviy zarba berish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi

AQSh Rossiyaga yadroviy zarba berish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, "ssenariy Rossiya bilan urush olib borayotgan Yevropadagi voqealar rivoji va Rossiyaning NATO mamlakatlari hududidagi ob’ektga kichik quvvatli yadro qurolini qo‘llashini o‘z ichiga olgan".

AQShda Rossiya Yevropaga nisbatan yadro quroli qo‘llaganidan keyin unga javob zarbasi berilishi ifodalangan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Pentagon vakili brifingda ma’lum qildi.

"Biz kichikroq mashg‘ulot o‘tkazdik", - deyiladi brifing stenogrammasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "ssenariy Rossiya bilan urush olib borayotgan Yevropadagi voqealar rivoji va Rossiyaning NATO mamlakatlari hududidagi ob’ektga kichik quvvatli yadro qurolini qo‘llashini o‘z ichiga olgan".

"So‘ngra qanday javob berish borasida mudofaa vaziri va prezident bilan suhbat o‘tkaziladi", - dedi AQSh mudofaa vazirligi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh cheklangan javob qaytaradi. 

"Ular bizga kichik quvvatli yadro quroli bilan hujum qiladi. Mashg‘ulot vaqtida biz ham yadro qurolidan foydalanib javob qaytardik", - dedi u.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 20:17 22.02.2020. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!