Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh qoidalarini buzganida NATO qayerda edi? — Zaxarova

A A A
AQSh qoidalarini buzganida NATO qayerda edi? — Zaxarova

Ukrainani qurolsizlantirish bo‘yicha maxsus harbiy operasiya o‘tkazgani uchun Rossiyani javobgarlikka tortishdan oldin NATO davlatlari o‘z harakatlariga javob berishi kerak. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Xususan, Zaxarova alyans mamlakatlari o‘zlarining “harbiy sarguzashtlari” va Ukraina hukumatini Donbass muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga undashdagi harakatsizligi uchun javob berishi kerakligini ta’kidladi.

U, shuningdek, alyans vakillari “Evropa qit’asida tinchlik poydevori mohiyatan barbod bo‘ldi” deganlarida ikkiyuzlamachilik qilishlariga e’tibor qaratdi.

“Bu kimning qo‘li bilan qilingan? NATO davlatlari AQSh antiballistik raketa tizimlarini cheklash to‘g‘risidagi shartnomani buzganini jimgina kuzatmadimi? Vashington O‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan bir tomonlama chiqib ketganida, ular chetda turishdi", dedi u.

Kiritildi: 23:17 26.02.2022. O'qildi: 9166 marta. Fikrlar soni: 24 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik