AQSh qurolli kuchlari Qizil dengizda Yamanning «Ansor Alloh» (husiylar) isyonchi harakatining ikkita patrul kateri va uchuvchisiz suv usti mashinasini yo‘q qildi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«CENTCOM kuchlari Qizil dengizda bitta uchuvchisiz suv ustki mashinasi va ikkita hutiy patrul katerini muvaffaqiyatli yo‘q qildi», — deyiladi xabarda.