Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Putinga qarshi "katta operasiya" boshladi

AQSh Putinga qarshi "katta operasiya" boshladi

AQSh Kongressi vakillar palatasi Amerika razvedkasini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning daromadlari va mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga majbur qiladigan qonunni deyarli bir ovozdan tasdiqladi, deya xabar beradi Deutsche Welle .

Amerika Qo‘shma Shtatlari Milliy razvedkasi direktori olti oy ichida hisobot tayyorlashi lozim. Qonun loyihasida Putin va uning oilasi Rossiya va chet elda, xususan, aktivlar, investisiyalar, bank hisoblari, ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etilishi taklif etilgan.

Razvedka bo‘limi e’tiborini Putin tomonidan yashirilayotgan vositachi tuzilmalarini qidirishga qaratishi kerak.

Bundan tashqari, hisobotda rasmiylar va ishbilarmonlarning daromadlari Putinning tarafdorlari bo‘lgan Rossiya siyosatchilari va tadbirkorlarining daromadlari ham bo‘lishi kerak. Agar Senat qonunni ma’qullasa, hujjat AQSh prezidenti Donald Trampning stoliga qo‘yiladi.

Kiritildi: 11:38 15.03.2019. O'qildi: 4033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!