Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

AQSh prezidentligiga nomzod: "Biz befoyda mojaroga homiylik qilmoqdamiz – Donbass Rossiya yeri bo‘lib qoladi"

AQSh prezidentligiga nomzod: "Biz befoyda mojaroga homiylik qilmoqdamiz – Donbass Rossiya yeri bo‘lib qoladi"

Ukraina maxsus operasiya davomida Rossiyaga qo‘shilgan hududlarni qaytarib ola olmaydi. Bu haqda AQSh prezidentligiga nomzod Maykl Rektenvald Judging Freedom kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bu jinoyat. Biz hammasi boshlangan joyda tugaydigan befoyda mojaroga homiylik qilmoqdamiz – Donbass Rossiya yeri bo‘lib qoladi", — dedi u suhbat chog‘ida.

Prezidentlikka nomzodga ko‘ra, Ukrainadagi mojaroni avj oldirish orqali Qo‘shma Shtatlar o‘zining harbiy-sanoat kompleksini (HSK) boyitib bormoqda. Ular bu Ukraina harbiy qurolli kuchlarining (VSU) hayoti evaziga sodir bo‘layotganiga ahamiyat bermaydilar. Kiyev rasmiylari hamon o‘z fuqarolarini o‘limga yuborishda davom etmoqda, deya qo‘shimcha qildi Rektenvald.

Kiritildi: 15:16 10.12.2023. O'qildi: 3351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!