Jo Bayden ushbu mahbuslarning o‘lim jazosini shartli ozod qilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirdi.
"Bular AQShdagi federal sudlar tomonidan o‘limga hukm qilingan deyarli barcha mahbuslardir. Shu bilan birga, Bayden ommaviy qotilliklarda aybdor deb topilgan faqat uch kishi uchun jazoni o‘zgartirmadi", deb yozadi The New York Times.
"Prezident Bayden lavozimga kirishganida, uning ma’muriyati federal qatllarga moratoriy o‘rnatdi va uning bugungi harakatlari keyingi ma’muriyatga o‘lim hukmlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi", deyiladi Oq uy bayonotida.
Jo Baydenning o‘zi jazosini engillashtirgan jinoyatchilarni qoralashini, shuningdek, ularning qilmishlari qurbonlarining barcha yaqinlariga hamdard ekanligini bildirdi.