Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh moliya vaziri Xitoyda “kechirilmas xato”ga yo‘l qo‘ydi

A A A
AQSh moliya vaziri Xitoyda “kechirilmas xato”ga yo‘l qo‘ydi

AQSh moliya vaziri Janet Yellen Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen bilan uchrashuvda diplomatik odob-axloq qoidalarini buzgani uchun AQShda qattiq tanqid qilindi. Bu haqda "The New York Post" xabar berdi.

Xususan, Yellen xitoylik amaldor bilan qo‘l berib ko‘rishganda juda faol va tez-tez ta’zim qildi.

"Hech qachon, hech qachon, hech qachon. Amerika amaldori ta’zim qilmaydi, — deb izohladi sobiq prezident Jorj Bush ma’muriyatida ishlagan sobiq Oq uy rasmiysi Bredli Bleykman".

"New York Post" mutaxassislari Xe Lifen Yellenning harakatlariga javob qaytarmaganiga e’tibor qaratdilar va bu “hodisani” Amerika zaifligi belgisi deb hisoblashdi.

Nyu-York universitetining faxriy professori va Xitoy huquqi bo‘yicha mutaxassis Jerom A. Koen ham ta’zim qilish protokol normalariga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 00:23 10.07.2023. O'qildi: 20130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!