Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi delegasiyasi Kiyevda Ukrainaga harbiy yordam berish masalasini muhokama qildi

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi delegasiyasi Kiyevda Ukrainaga harbiy yordam berish masalasini muhokama qildi

AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Ukraina masalalari bo‘yicha direktori Uinfild Suonton boshchiligidagi Amerika delegasiyasi Kiyevga tashrif buyurdi.

Bu haqda Ukraina mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

"Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Ukrainaga yordam bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishi oldidan Kiyevga AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Ukraina masalalari bo‘yicha direktori Uinfild Svanton boshchiligidagi Amerika delegasiyasi yetib keldi. Uchrashuvda AQShning 2024 yilda Ukrainaga ko‘rsatgan yordami natijalari va 2025 yilda mudofaa vazirliklari jamoalarining o‘zaro hamkorligini rejalashtirish muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, AQShning Ukrainada uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqarishga sarmoya kiritishi va harbiy-sanoat kompleksi sohasida boshqa qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilindi.

Kiritildi: 18:21 08.01.2025. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!