"Agar siz AQSh hududida noqonuniy yurgan bo‘lsangiz, mustaqil deportasiya — bu hibsdan qochishning eng yaxshi, xavfsiz va mamlakatni tark etishning nisbatan foydali usulidir. CBP Home ilovasini hoziroq yuklab oling va mustaqil deportasiyani amalga oshiring", — dedi AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem.
Qayd etilishicha, AQSh Ichki ishlar vazirligi endilikda noqonuniy muhojirlarga vatanga qaytish safarlari uchun moliyaviy yordam va qaytib borgandan so‘ng to‘lov taklif qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, CBP Home ilovasi orqali o‘z xohishi bilan deportasiya qilinishni tanlagan har bir noqonuniy migrant o‘z yurtiga qaytgach, 1000 AQSh dollari miqdorida to‘lov oladi.
"Bu huquqni muhofaza qilish organlari va xorijliklar uchun eng xavfsiz variant, shuningdek, AQSh soliq to‘lovchilari uchun 70 foizli samaradorlikni anglatadi", deyiladi vazirlik bayonotida.