Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh ko‘p miqdordagi yoqilg‘i quyuvchi samolyotlarini Yevropa va Yaqin Sharqqa o‘tkazmoqda — Military Watch Magazine

AQSh ko‘p miqdordagi yoqilg‘i quyuvchi samolyotlarini Yevropa va Yaqin Sharqqa o‘tkazmoqda — Military Watch Magazine

Nashrning yozishicha, bu ularning Isroil va Eron o‘rtasidagi urushda ishtirok etishi mumkinligidan dalolat beradi. Kecha kechqurungi holatga ko‘ra, ko‘chirilgan samolyotlar soni 30 tadan ortgan.

"Bir nechta g‘arb davlatlarining yoqilg‘i quyuvchi samolyotlari Isroilga Eronga zarba berishda yordam bermoqda. Shuningdek, AQSh Isroilga Eronning ballistik raketalarini urib tushirishda yordam berish uchun Yaqin Sharq mintaqasiga qo‘shimcha THAAD havo mudofaasi tizimlari va AEGIS esmineslarini joylashtirdi", deya xabar bermoqda Military Watch Magazine .

Avvalroq Donald Tramp AQSh “Isroil-Eron mojarosiga aralashishi mumkinligini” ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, u tomonlar o‘rtasida “kelishuv ustida ish olib borilayotgani” va “tez orada tinchlikka erishilishi” haqida post yozgan edi.

Kiritildi: 14:00 16.06.2025. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!