AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Mudofaa vaziri Lloyd Ostin G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat tufayli Isroilga qurol embargosi joriy etish bilan tahdid qilishdi . Bu haqda Reuters agentligi Amerika rasmiylari maktubiga tayanib xabar bermoqda.
«Biz hozir AQSh hukumatining G‘azodagi gumanitar vaziyatning yomonlashuvidan chuqur xavotirini ta’kidlash uchun yozmoqdamiz », — deyiladi maktubda. Qayd etilishicha, Blinken va Ostin vaziyatni tuzatish uchun Isroilga bir oy vaqt bergan.
Xabar qilinishicha, AQShning yuqori martabali rasmiylari 13 oktabr kuni Isroil strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer va mudofaa vaziri Yoav Galantga maktub topshirgan. Vashington sentyabr oyida G‘azoga gumanitar yordam yetkazib berish kamayganidan xavotir bildirdi.