Bugun 17 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, sababi...

AQSh Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, sababi...

AQSh rasmiylari agar mamlakat hukumati G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rmasa, Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

O‘tgan yakshanba kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Pentagon rahbari Lloyd Ostin Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galantga yuborgan maktubda G‘azoga yordam oqimini avvalgi darajaga yetkazish uchun aniq chora ko‘rishga chaqirilgan.

Blinken va Ostin maktubda Isroilni kuniga kamida 350 ta gumanitar yordam yuk mashinasini o‘tkazishga ruxsat berishga, G‘azoga beshinchi o‘tish joyini ochishga va hech qanday operasiya zarurati bo‘lmaganda falastinliklarni evakuasiya qilishga buyruq bermaslikka chaqirdi.

Isroil rasmiysining ma’lum qilishicha “maktub qabul qilingan va Isroil xavfsizlik xodimlari tomonidan diqqat bilan ko‘rib chiqilmoqda”.

Kiritildi: 21:20 16.10.2024. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!