Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Isroilda harbiy aviabazalar va o‘q-dori omborlari qurmoqda

AQSh Isroilda harbiy aviabazalar va o‘q-dori omborlari qurmoqda

Ochiq manbalarga ko‘ra, AQSh Isroil uchun samolyot va vertolyotlar infratuzilmasini, shuningdek, boshqa harbiy ob’ektlarni qurmoqda. Bu haqda Haaretz xabar berdi.

🇺🇸 Joriy loyihalar qiymati 250 million dollardan ziyod, kelajakdagi loyihalar esa 1,5 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda.

AQSh armiyasining muhandislik korpusi snaryadlar omborlari, yonilg‘i quyish stansiyalari va Isroil harbiy bazalari uchun beton inshootlar qurish bo‘yicha pudratchilarni jalb qilmoqda. Hujjatlarda aytilishicha, AQSh shuningdek, aerodromlar va boshqa binolarni ta’mirlash ishlari uchun ham tender e’lon qilgan.

  • Boeing KC-46 havo tankerlarini joylashtirish uchun angarlar, ustaxonalar va omborlar qurish loyihasi — 100 mln dollardan ziyod.

  • CH-53K vertolyotlari uchun infratuzilma qurilishi — 250 mln dollar.

  • Snaryad va o‘q-dori saqlash binolari uchun qurilish tenderi — 100 mln dollar.

  • Yana bir tender 7 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 900 mln dollardan oshmasligi kerak. Unda texnik xizmat, ta’mirlash, buzish va infratuzilmani yaxshilash ishlari nazarda tutilgan.

📌 Barcha loyihalar chet el harbiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Isroil har yili AQShdan 3,8 milliard dollarlik harbiy yordam oladi.
2023 yil 7 oktyabridan keyin esa mamlakat qo‘shimcha 18 milliard dollar miqdorida harbiy yordam olgan.

Kiritildi: 19:39 14.07.2025. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!