XVF bashoratiga ko‘ra, AQSh iqtisodiyotining hajmi 30,3 trillion dollarga yetadi. Xitoy 19,5 trillion dollar ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rnini mustahkam saqlab qoladi, Germaniya iqtisodiyoti esa (4,9 trillion dollar) uchinchi o‘rinni egallaydi.
Keyingi o‘rinlarda Yaponiya va Hindiston iqtisodiyotlari joylashgan bo‘lib, ularning hajmi mos ravishda 4,4 va 4,3 trillion dollarni tashkil etadi. Jahon iqtisodiyotining deyarli 55 foizi yetakchi beshlik hissasiga to‘g‘ri keladi.
AQSh iqtisodiyoti 2025 yilda O‘zbekistonnikidan 236 barobar yuqorilaydi va O‘zbekiston iqtisodiyoti joriy yilda 127 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda.