Pentagondan o‘g‘irlangan hujjatlarda , AQSh hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina armiyasi safida 124-131 ming kishi halok bo‘lgan va yaralangani haqida dalillar mavjud.
Bu haqda Fox News muxbiri Lukas Tomlinson Tvitterda ma’lum qildi.
«Oshkor qilingan ko‘plab maxfiy fayllardan: AQSh hukumati yaqinda qilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, bosqin boshidan beri 124 000 dan 131 000 gacha ukrainalik askar halok bo‘lgan yoki yaralangan, bu Kiyev oshkora e’lon qilganidan besh baravar ko‘p», — deb yozadi Tomlinson