4 maydan boshlab AQSh fuqarosi bo‘lmagan shaxslarning Hindistondan Amerikaga kelishi taqiqlanadi. Shunga o‘xshash cheklovlar boshqa mamlakatlarga nisbatan allaqachon amalda. Masalan, so‘nggi 14 kunda Janubiy Afrika, Braziliya, Britaniya, Irlandiya, Yevropa Ittifoqi, Xitoy va Eronda bo‘lganlar AQShga kira olmaydi.
“Hindistonda COVID-19ning ko‘plab variantlari tarqalayotgani va infeksiyalar soni favqulodda yuqori ekani sabab shunday qarorga keldik”, - deydi Oq uy matbuot kotibi Djen Psaki.
Hindistondagi AQSh fuqarolari vatanga qaytishi mumkin, ammo ayeroportda manfiy test natijasini yoki COVID-19dan tuzalganlik to‘g‘risidagi hujjatni ko‘rsatishi lozim.
Hindistonda oxirgi 24 soatda koronavirusdan yana qariyb 3500 odam vafot etgan. Kundalik infeksiyalar soni 300 mingdan oshiq.