Reuters manbalariga ko‘ra, Hindiston Rossiya nefti importini yaqin kelajakda kuniga 1 million barreldan past darajaga, uzoq muddatda esa 500–600 ming barrelgacha qisqartirishni rejalashtirmoqda.
AQSh rasmiylari esa Hindistonga Venesuela neftini sotib olishni tiklash imkoniyatini ma’lum qilgan. 2022 yildan beri Hindiston Rossiya neftining eng yirik xaridorlaridan biri bo‘lib, so‘nggi oylarda import keskin pasaygan.