Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh "Hay’at tahrir ash-Shom" guruhini terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

AQSh "Hay’at tahrir ash-Shom" guruhini terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Donald Tramp ma’muriyati “Hay’at Tahrir ash-Sham” (HTSh) guruhini xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarib tashladi, deya xabar beradi Reuters. Qaror Bosh prokuror va Moliya vaziri bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilindi.

HTSh – “Islomiy davlat” terrorchilik guruhining sobiq bo‘limi, keyinroq “Al-Qoida”ning Suriyadagi bo‘limi bo‘lgan Al-Nusra frontidan chiqqan islomchilar koalisiyasi. 2017-yilda guruh Al-Qoida bilan rasman ajralib chiqib, o‘z nomini o‘zgartirdi.

HTSh yetakchilaridan biri Ahmad al-Shara Suriyaning amaldagi rahbari hisoblanadi. Tramp u bilan may oyida Yaqin Sharqqa tashrifi chog‘ida uchrashgan edi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining xuddi shunday qarori ortidan AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi.

Kiritildi: 15:35 08.07.2025. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!