Iroq neft vazirligi neft konlarida ishlayotgan amerikaliklar mamlakatni tark etayotganini, biroq bu neft qazib olish va eksport qilishga ta’sir ko‘rsatmasligini bildirdi.
Avvalroq AQShning Iroqdagi elchixonasi bayonot tarqatib, amerikaliklarni zudlik bilan bu yerni tark etishga chaqirgan edi. Shuningdek, eronparast guruhlarning elchixonaga hujum oqibatida konsullik ishlari to‘xtatib qo‘yilgani ma’lum qilindi va amerikaliklar elchixona binosiga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirildi.
AQSh fuqarolarning hujjat bilan bog‘liq ishlari Erbildagi konsulxonada amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh tomonidan Bag‘dodda o‘tkazilgan maxsus operasiyada eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgach, Tehron buning uchun o‘ch olinishini ta’kidladi.