AQSh Eronning yangi oliy rahbari haqida ma’lumot uchun 10 mln dollar taklif qilmoqda
AQSh Davlat departamenti Eronning yangi oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar haqida ma’lumot bergan shaxsga 10 million dollar miqdorida mukofot e’lon qildi.
E’lon qilingan ro‘yxatda jami 10 kishi bor, ammo ulardan faqat oltitasining ismi ochiq aytilgan. Qidiruvdagi shaxslar orasida Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Lorijoniy ham bor. U juma kuni Tehron markazidagi mitingda ko‘rilgan.
💬 «Bu shaxslar Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining turli bo‘linmalariga qo‘mondonlik qiladi va rahbarlik qiladi. Ushbu tuzilma esa butun dunyo bo‘ylab terroristik hujumlarni rejalashtiradi, tashkil qiladi va amalga oshiradi», — dedi AQSh Davlat departamenti.
Ma’lumotlar Rewards for Justice dasturi doirasida qabul qilinadi. Bu dastur qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olish yoki javobgarlikka tortishga olib keladigan ma’lumotlar uchun pul mukofoti berishni nazarda tutadi.
💬 «Sizning ma’lumotingiz sizga relokasiya va pul mukofoti olish huquqini berishi mumkin», — deyiladi Davlat departamenti xabarida.