AQSh davlat qarzi 31,4 trln dollarga yetdi. Bu har bir fuqaroga 94 ming dollardan to‘g‘ri keladi.
Agar Kongress limitni oshirishga rozi bo‘lmasa, yozgacha AQSh tashqi qarz bo‘yicha defolt e’lon qilishi mumkin, deb xabar beradi ABC News.
AQSh Vakillar palatasini nazorat qiluvchi respublikachilar xarajatlarni, jumladan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni qisqartirish tarafdori.
Bayden ular bilan bu borada muzokara qilishdan bosh tortdi. Chorshanba kuni Oq uy matbuot kotibi milliy qarz limitini oshirish Kongressning “asosiy mas’uliyati” ekanini aytdi.