AQSh Davlat departamenti Kiyevga 175 million dollargacha bo‘lgan yangi qurol paketi ajratilishini e’lon qildi.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
AQSh tashqi siyosat departamenti bayonotida aytilishicha, yordam paketi havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya va ko‘p uchiruvchi raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, shuningdek, HARM antiradar raketalarini o‘z ichiga oladi.