Pentagon rahbari Lloyd Ostinga ko‘ra, AQSh Qurolli kuchlari Yaqin Sharqqa qo‘shimcha B-52 bombardimonchi samolyotlarini yubormoqda.
Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlarining aviatashuvchisi, esmineslari, Stratotanker tankerlari mintaqaga jo‘nashga tayyorlanmoqda.
Bunday qarorga Tehron Isroilga qarshi javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlardan keyin kelindi.
Sky News Arabia'ning qo‘shimcha qilishicha, Yaqin Sharqqa 12 ta B-52 strategik bombardimonchi yuboriladi.