Tolibon harakati vakillari AQSh delegasiyasi vakillari bilan Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
“RIA Novosti” bu haqda harakatning AQSh vakillari bilan Qatardagi ikki kunlik muzokaralari yakuniga doir bayonotiga tayanib xabar bergan.
AQSh va Tolibon vakillari muloqoti samarali bo‘lgan.
Tomonlar ikki o‘zaro dolzarb masalalarni muhokama qildi, tolibon AQShni Doxa kelishuviga amal qilishga chaqirdi.
Amerikalik vakillar, o‘z navbatida, Afg‘onistonga gumanitar ko‘mak yuborilishini ma’lum qildi. Tolibon vakillari gumanitar yordam siyosiy masalalar bilan bog‘liq bo‘lmasligi lozimligini aytgan.