Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Aqlvoy" telekanalida o‘pishish sahnasi: bu bolalarning miyasini zaharlash emasmi? (VIDEO +18)

"Aqlvoy" telekanalida o‘pishish sahnasi: bu bolalarning miyasini zaharlash emasmi? (VIDEO +18)

Oldinroq yangi ochilgan telekanal — "Aqlvoy" telekanalida yalang‘och ayollarning tasviri efirga uzatilgandi.

Telekanal rahbariyati bu holat yuzasidan aybdorlar jazolangani haqida xabar bergandi. Ammo buni qarangki, ayni shu kanalda yana bir uyatsiz holat efirga uzatilgani ma’lum bo‘ldi.

Videodan ko‘rinib turibdiki, multfilm tarjima qilingan, ya’ni efirga ketishidan oldin ko‘rilgan, qaralgan, hatto behayo sahnaga ovoz ham berilgan. Nahotki mas’ullarning miyasiga "O‘pishish sahnasi bolalarning miyasini zaharlamaydimi? Bu uyat-ku!" degan tushuncha kelmagan bo‘lsa.

Kanal rahbariyatidan bu borada javob kutib qolamiz.

Kiritildi: 12:00 21.06.2021. O'qildi: 10528 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!