Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Aql bovar qilmas ishni bajargan inson

A A A
Aql bovar qilmas ishni bajargan inson

Bu voqea 1969 yil Antarktidada sodir bo‘lgan. O‘shanda 27 yoshli doktor Leonid Rogozov Antarktida ekspedisiyasida ishtirok etayotgandi. 29-aprel kuni Leonid kasal bo‘lib, yotib qoldi. U tajribali xirurg sifatida o‘zining kasali ko‘richagning otkir turi(appendisit) ekanligini aniqladi. Ammo u stansiyadagi yagona doktor bo‘lganligi,buning ustiga ob-havo ham noqulayligi sababli o‘zini-o‘zi operasiya qilishga qaror qildi...

Asboblarni uzatib turgan meteorolog va oyna ushlab turgan haydovchi yordamida u o‘ziga mahalliy anesteziyani yubordi va operasiyani boshladi. Operasiya ikki soat davom etdi, ammo har safar Leonid og‘riqdan hushidan ketganda operasiya to‘xtalib qolardi.

«Men o‘zimga ishdan boshqa narsa haqida o‘ylashga yo‘l qo‘ymadim! .Mening bechora yordamchilarim! Oxirgi daqiqada men ularga qaradim va ular qo‘rquvdan bo‘zday oqarib ketishganiga guvoh bo‘ldim. Menda ham qo‘rquv bor edi. Lekin men o‘zimga anesteziya qo‘llaganimdan so‘ng  qandaydir tarzda miyam faqat operasiya haqida o‘ylay boshladi va shu paytdan boshlab men boshqa hech narsani sezmadim», — dedi Leonid operasiya o‘tganidan ancha vaqt keyin.

Yarim tunda 1 soat 45 daqiqa davom etgan operasiya o‘z nihoyasiga yetdi. 5 kundan so‘ng Leonidning isitmasi tusha boshladi. Yana 2 kundan so‘ng operasiya iplari olib tashlandi. Leonid Rogozov esa ushbu voqeadan so‘ng butun dunyoga mashhur bo‘lib ketdi. Hatto 1963 yilda Vladimir Visoskiy unga atab qo‘shiq ham kuylagan.

Manba: kema.uz

Kiritildi: 18:09 12.06.2018. O'qildi: 2403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik