Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

APL. 1-tur. “Manchester Yunayted” qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

APL. 1-tur. “Manchester Yunayted” qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

APL 1-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Lester” uchrashuvi yakuniga yetdi.

Dastlab o‘yin boshida “Lester” darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan Pol Pogba hisobni ochdi. O‘sha vaziyatda hakam to‘p mehmonlar a’zosining qo‘liga tekkan deb hisobladi. Shundan so‘ng “tulkilar” o‘yinda tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi, biroq David De Xea qahramonlik ko‘rsatib, kamida ikkita golli vaziyatni bartaraf etdi.

Ikkinchi bo‘limda biroz yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgan mezbonlar Lyuk Shouning golidan keyin farqni ikkitaga oshirishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa “Lester” hujumchisi Jeymi Vardi boshi bilan gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Shu hisob o‘yin yakunigacha saqlanib qoldi.

Manchester Yunayted – Lester 2:1
11 avgust, 00.00, "Old Trafford"
Gollar:
 1:0 – 3, Pogba (penalti ), 2:0 – 83 Shou, 2:1 – 90 Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Darmian, Lindelef, Pogba (Fellayni, 84), Pereyra, Mata, Fred (Maktomini, 76), Sanches, Reshford (Lukaku, 67).
Lester – Shmeyxel, Maguayr, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Ndidi, Amarti (Gezzal, 63), Meddison (Vardi, 63), Adriyen Silva (Iborra, 80), Grey, Ixeanacho.
Ogohlantirish: Amarti (51), Fred (54), Pereyra (69).

Kiritildi: 02:00 11.08.2018. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!