Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Anvar Anvarov Shvesiyada chempion bo‘ldi

Anvar Anvarov Shvesiyada chempion bo‘ldi

Shvesiyaning Sollentuna shahrida yengil atletika bo‘yicha “Folksam GP Sollentuna” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Atletimiz musobaqaning uzunlikka sakrash dasturida 7,80 metr natija bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Ushbu yo‘nalishda Lazar Anich (Serbiya) ikkinchi, Ugo Olsson (Shvesiya) esa uchinchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Anvar Anvarov o‘tgan oyda Kiprda o‘tgan “Cyprus International Athletics Meeting” turnirida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 19:05 17.06.2024. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!