Antarktidaning chuqur qatlamlaridan, ehtimol, bugungi kunga qadar olimlar kashf etgan eng qadimiy muz bo‘lagi qazib olindi. Uning yoshi taxminan 1,2 million yil deb baholanmoqda.
Muz o‘zagining ichida qadimiy havo pufakchalari saqlanib qolgan. Bu sayyoramiz iqlimi tarixidagi eng katta jumboqlardan birini yechishga yordam berishi mumkin: 900 ming va 1,2 mln yil oldin oralig‘ida Yerning muzlik sikli buzilganida nima sodir bo‘lgani. Bu bizning uzoq ajdodlarimizni yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qoldirdi, chunki ularning populyasiyasida atigi 1000 ga yaqin kishi qolgan edi.