Anqaradagi diplomatik manbalardan haqqin.az olgan ma’lumotlarga ko‘ra, yuqori darajadagi uchrashuvlar, shuningdek, bir necha davlat rahbarlarining Turkiyaga tashrifi odatda diplomatlar, maxsus xizmatlar yoki harbiy idoralar vakillari ishtirokidagi texnik muzokaralardan boshlanadi.
Odatda, asosiy faoliyat tashqi ishlar vazirlari yoki ularning o‘rinbosarlari darajasida olib boriladi, prezidentlarning ishtiroki esa faqat yakuniy bosqichda ro‘y beradi. Biroq, Donald Tramp hokimiyatga kelgach, o‘n yillar davomida shakllangan diplomatik qoidalar buzildi va munosabatlarni tartibga solish jarayoni tezroq hamda kamroq rasmiy tarzda rivojlana boshladi.
Turkiyalik tahlilchilar fikricha, agar Vladimir Putin Istanbulga kelmasa ham, Vladimir Zelenskiy siyosiy ustunlikka erishish uchun diplomatik imkoniyatdan foydalanishga umid qilib, 15 may kuni baribir u yerda bo‘lishi kutilmoqda.
Diplomatik manbalarning rasmiy tasdiqlari yo‘qligiga qaramay, Anqarada Erdo‘g‘an vositachiligida Putin va Trampning Istanbulda uchrashishi mumkinligi haqida qizg‘in gap-so‘zlar tarqaldi. Mumkin bo‘lgan tinchlik jarayonining ramzi sifatida Putin, Tramp va Zelenskiyning birgalikdagi surati istiqboli ham muhokama qilinmoqda.
Avvalroq, Tramp Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga tashrifi chog‘ida Turkiyaga borishni rejalashtirmayotganini aytgandi. Biroq, endi u bunday imkoniyatni istisno qilmaydi.