Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Anomal sovuq sharoitida avtosaroylar zaruriy "antigel", "antifriz", "texnik spirti" bilan ta’minlandi

Anomal sovuq sharoitida avtosaroylar zaruriy "antigel", "antifriz", "texnik spirti" bilan ta’minlandi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati boshlig‘i Muzifa Sultanova Toshkent shahrida jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo tezkor shtab tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi:

Qayd etilishicha, anomal sovuq sharoitida zaruriy hisoblangan 315 litr “antigel”, 2 860 litr “antifriz” hamda 150 litr “texnik spirti” suyuqliklari avtosaroylarga tarqatildi.

Hozirda 300 litr antigel, 1 000 litr antifriz hamda 120 litr texnik spirt, 5 000 litr dvigatel moyi suyuqliklari zaxirasi tayyorlab qo‘yildi. Shuningdek, 175 ta shina, 142 ta akkumulyator va 2 998 ta boshqa turdagi ehtiyot qism zaxirasi yaratildi.

2023 yil 17 yanvar kuni holatiga ko‘ra, avtobuslarning yo‘nalishda yuzaga kelgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida 24 nafar texnik xodimdan iborat jami 8 ta brigada tuzilib, ularga shatakka olishga mo‘ljallangan 16 ta maxsus texnik yordam avtomashinasi biriktirildi.

Kiritildi: 11:46 17.01.2023. O'qildi: 1800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!