Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Anomal sovuq Navoiy va Buxoroga kirib keldi

Anomal sovuq Navoiy va Buxoroga kirib keldi

Navoiy viloyatida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti sabab Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan yo‘lning bir qismi yopildi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘ayotgani, shamol tezligi 30-35 metr/sekundgacha kuchayib, yo‘lga sepilgan qum va tuz aralashmalarini ham uchirib yuborayotgani, buning natijasida muzlamalar yuzaga kelgani bois, Navoiy viloyati Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan A-379 avtomobil yo‘lining 206-289 kilometrlarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 21:35 13.03.2021. O'qildi: 5426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!