Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Sholsning ko‘p sonli afg‘onlarning o‘z vatanlariga deportasiya qilinishi haqidagi so‘zlarini rad etdi.
O‘tgan chorshanba, 24 iyul, kansler Olaf Shols matbuot anjumani chog‘ida yaqin kelajakda ko‘p sonli afg‘onlar mamlakatdan chiqarib yuborilishiga va’da bergan edi.
Bir necha kundan keyin tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok uning so‘zlarini rad etdi.
«Menimcha, ayniqsa, bunday noaniq paytlarda, agar siz biror narsa va’da qilsangiz va ertasi kuni qanday qilib etkazib berishni bilmasangiz, bu xavfsizlik standartlariga mos kelmaydi», dedi u Die Zeit tomonidan tashkil etilgan tadbirda.
Avvalroq Berbok Mannxaymda polisiyachining afg‘on tomonidan o‘ldirilganiga izoh berar ekan, «zo‘ravonlik qilgan bunday jinoyatchilar himoyalanish huquqidan mahrum bo‘lganini» aytgan edi. Biroq ularni Afg‘oniston yoki Suriyaga tezda deportasiya qilish bilan muammo hal bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Berbok, shuningdek, «islomiy terrorchi rejimga jinoyatchilarni qaytarish shartlarini belgilashga ruxsat berishdan» ogohlantirdi.