Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Aniqlandi! Zebralarning terisida nega yo‘l-yo‘l chiziq bor?

Aniqlandi! Zebralarning terisida nega yo‘l-yo‘l chiziq bor?

Zebralarning terisidagi chiziqlar butun dunyo olimlarini hayratga solib kelmoqda. Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti zoologlari yana bir bor ushbu rangning sirini ochishga va chiziqlar qanday maqsadga xizmat qilishini aniqlashga harakat qilishdi.

Mutaxassislar chiziqlar hayvonlarga hujum qiladigan hasharotlarga ta’sir qilishini aniqladilar. Ular otlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdilar — otlarning orqa tomoniga turli xil naqshli material qo‘yishdi va hasharotlarning reaksiyasini kuzatishdi. Natijada yo‘l-yo‘l chiziqlar hasharotlarni cho‘chitishi aniqlandi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu ma’lumotlardan fermerlar chorva mollarini chivinlardan himoya qilish uchun foydalanishlari mumkin

Kiritildi: 11:37 22.08.2020. O'qildi: 14095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!