Shu yil 3 iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi 30 yoshli U.M. uyida o‘zaro janjal sabab birga yashovchi o‘gay otasi 56 yoshli SH.T.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada SH.T. kasalxonaga yotqizilgan. U.M. ushlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.