Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Angrenda "Neksiya" bilan to‘qnashgan "Lasetti" yonib ketdi

Angrenda "Neksiya" bilan to‘qnashgan "Lasetti" yonib ketdi

2021 yil 11 iyun kuni soat 22:30 larda, Toshkent viloyati, Angren shahar hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 180-kilometrida haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan R.S. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli hamda haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan M.YU. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, zarb oqibatida "Lasetti" rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan, to‘qnashuv natijasida "Lasetti" rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1989 yilda tug‘ilgan N.SH. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:08 12.06.2021. O'qildi: 1540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!