Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushishi oqibatida yo‘l vaqtincha yopildi

Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushishi oqibatida yo‘l vaqtincha yopildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “Qorabog‘soy“ ko‘prigining qulab tushganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha “O‘zyo‘lko‘prik“ klasterining Ko‘prik va sun’iy inshootlarni diagnostika qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining murojaatiga asosan qisqa muddatda mazkur ko‘prikda o‘rganish ishlarini amalga oshirib, tegishli xulosani taqdim etdi.

Unga ko‘ra, ko‘prik konstruksiyasi texnik holati o‘rganilganda oraliq qurilma to‘sinlarining ma’naviy eskirgani, to‘sinlarning amaldagi yuklamalarni ko‘tara olmasligi, ko‘prik ustki qoplamasi qalinligi me’yoridan ortib to‘sinlarga ortiqcha yuk berayotganligi, to‘sinlar o‘zaro yaxlit bo‘lmay, alohida element sifatida ishlayotganligi hamda ko‘prik ustki qoplamasidagi yoriqlardan va qatnov qismi qoplamasining chekka qismlaridan oqib tushgan suvlar to‘sinlarni butun tanasi bo‘ylab tarqalib, korroziyaga uchratayotganligi, to‘sinlardagi yoriqlardan suv sizib kirib ishchi armaturalarini ham korroziyaga uchratayotganligi aniqlandi.

Ko‘prikning umumiy texnik holati qoniqarsiz holatda deya baholanadi va kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida ko‘prikda to‘liq rekonstruksiya ishlarini olib borish lozimligi, ko‘prik joylashgan avtomobil yo‘li I toifaga to‘g‘ri kelganligi, ko‘prik gabariti avtomobil yo‘liga mos emasligi, avtomobillar harakatida aynan ko‘prik joylashgan oraliqda tirbandliklar hosil bo‘layotganligini inobatga olib, ko‘prik rekonstruksiya ishlari doirasida avtomobil yo‘li toifasiga va zamonaviy A 14, NK 100 me’yoriy talablarga mos bo‘lgan yangi ko‘prikni qurish maqsadga muvofiqligi aytib o‘tilgan.

Qo‘mitaning qo‘shimcha qilishicha, 2025 yil 13 may kuni taxminan soat 20:00 da, A 373 “Toshkent-Ohangaron- Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon“ avtomobil yo‘lining 85-kilometridagi “Qorabog‘soy“ ko‘prigi chetidagi oxirgi oraliq qurilmasi, ya’ni piyodalar yo‘lagi (bir bona oraliq qurilma balka 22.1 m) sinishi oqibatida ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtomobillar harakati vaqtincha cheklanib, harakatlanish vaqtincha D 019 “Angren shahrini aylanib o‘tish“ avtomobil yo‘liga o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, A 373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon“ avtomobil yo‘lining 85-kilometrida joylashgan 2Qorabog‘soy“ ko‘prigi 1969 yilda “MSU-14 trest UZ moststroy“ tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan va 1995 yilda rekonstruksiya qilingan. Ko‘prik uch oraliqli sxemasi 3x22.2 m ulukli sxemada II toifali avtomobil yo‘liga mo‘ljallanib qurilgan, umumiy uzunligi 66.6 metr, ko‘prikning oraliq qurilmalar kengligi 1.6 m, uzunligi 22.2 m, gabarita 1.3+0.30+14.05+0.30.+1.3 m ko‘prikning balandligi 4.80 metr, qatnov qismining kengligi 2*6.55 m, trotuar kengligi 2*1.30 m, ajratuvchi tasmalar kengligi 0.96 m, ko‘prik osti o‘tish gabarit balandligi 4.80 m, qatnov qismi qiyaligi bo‘lama-1%, ko‘ndalang-3%, me’yoriy yuklama N-30 t, NK-80 t, avtomobil yo‘li 16-toifaga mansub.

Kiritildi: 21:40 14.05.2025. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!