Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijonlik xalqaro olimpiada g‘olibasiga viloyat hokimi sovg‘alari topshirildi

Andijonlik xalqaro olimpiada g‘olibasiga viloyat hokimi sovg‘alari topshirildi

Joriy yil 15-22 iyul kunlari Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro nemis tili olimpiasida andijonlik o‘quvchi qiz – Rayyona Ibrohimova 62 ta davlat bilimdonlari o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi.

Kecha, 26 iyul kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov olimpiada g‘olibasi, uning ota-onasi va ustozlari bilan uchrashib, o‘zining samimiy tabriklarini bildirdi.

Shuningdek, o‘quvchi qizning oilasiga viloyat hokimi sovg‘alari topshirilgan.

Ma’lumot uchun, Rayyona Ibrohimova Andijon shahridagi 10-umumta’lim maktabida tahsil oladi. Hozirda 10-sinfni tamomlab, 11-sinfga qadam qo‘ymoqda.

Kiritildi: 11:06 27.07.2024. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!