Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijondagi maktabda dars berayotgan ganalik fuqaroning oilasida egizaklar dunyoga keldi

Andijondagi maktabda dars berayotgan ganalik fuqaroning oilasida egizaklar dunyoga keldi

Andijondagi maktabda dars berayotgan ganalik fuqaroning oilasida egizaklar dunyoga keldi. Bu haqda DXAning Andijon viloyati boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gana Respublikasi fuqarolari Emmanuel Akvey hamda Sussanna Mfumlarlarning oilasida shu yil 28 sentyabr kuni egizaklar – Marven va Arvenlar (ikkisi ham o‘g‘il) dunyoga kelgan. Oila farzandlariga guvohnoma olish uchun 23 dekabr kuni FHDYoga murojaat
qilgan va murojaatga asosan ular farzandlariga 24 dekabr kunida guvohnoma olgan.

Oila boshlig‘i Emmanuel Akveyning aytishicha, ular AQShlik ko‘ngillilar bilan o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish uchun O‘zbekistonga kelgan. Ular ayni vaqtda Andijon shahridagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga ingliz tilidan dars berib kelmoqda.

Kiritildi: 21:08 25.12.2020. O'qildi: 2850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!