Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijonda o‘zini daryoga tashlagan ayol va unga yordam beraman deb oqib ketgan shifokor qutqarildi

Andijonda o‘zini daryoga tashlagan ayol va unga yordam beraman deb oqib ketgan shifokor qutqarildi

Andijon viloyatida suv oqizib ketgan ikki nafar quqaro qutqarib olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya Qo‘riqlash xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 13 noyabr kuni soat 09:30 larda Andijon tumani Qoradaryo ustidan o‘tuvchi ko‘prikdan o‘zini suvga tashlagan ayolni ushbu hududga yaqin bo‘lgan «Med Siti» davolash maskani shifokori ko‘rib qolib, uni qutqarish uchun o‘zini suvga tashlaydi.

Suvning tezlik oqimi kuchli bo‘lganligi sababli ayol bilan shifokorni ham oqizib ketadi. Shundan so‘ng Norin Qoradaryo suv inshooti boshqarmasiga qarashli Kuyganyor suv to‘g‘onida xizmat olib borayotgan Milliy Gvardiya Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 1-alohida otryadi xodimlari daryoda oqib kelayotgan ikki nafar shaxsni ko‘rib qolishadi.

Xodimlar tomonidan ko‘rilgan chora natijasida ikki shaxs ham suvdan qutqarilib, hayoti saqlab qolinadi.

Holat yuzasidan tegishli organlarga xabar berilib, ayol shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda Andijon tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:55 15.11.2020. O'qildi: 3308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!