Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda o‘quvchilari yupun kiyimda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbarlari ishdan olindi

Andijonda o‘quvchilari yupun kiyimda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbarlari ishdan olindi

Joriy yilning 21 noyabr kuni “Andijonda maktab o‘quvchilari kurtkasiz tashqariga chiqishga majbur bo‘ladi” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgandi. Ushbu xabarga Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

"Mazkur xabar yuzasidan Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib holat o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

1. Joriy yilning 19 noyabr kuni Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabiga “Yangi O‘zbekiston - Yangicha dunyoqarash” shiori ostida mamlakatimizda ko‘zga ko‘ringan ziyolilar, san’at, fan-ma’daniyat hodimlari hamda faol nuroniylardan iborat targ‘ibot guruhi tashrif buyurgan.

2. Targ‘ibot guruhi vakillari tashrifidan xabardor bo‘lgan o‘quvchilar 

(soat 11:25)da ularni kuzatish maqsadida yo‘lakka chiqishgan. O‘tkazilayotgan tadbirning fotoalbomini yaratish maqsadida mahalla faollari va maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularni rasmga olgan. Ishchi guruh rasmdagi bolalar bilan qilgan suhbatida mana shu suratga olish vaqtida 2-3 daqiqa tashqarida qolishganligi, so‘ng ustozlari tomonidan tanaffus vaqti tugamasdan (soat 11:35gacha) ularni sinf xonalariga kirishlari so‘ralganligi ta’kidlandi.

3. Ishchi guruhning rasmdagi o‘quvchilar va ota-onalar bilan suhbati jarayonida mazkur holatda farzandlarining uzoq vaqt tashqarida qolib ketmaganligi sababli e’tirozlari yo‘q ekanligini ta’kidlashdi.   

Yakuniy xulosaga ko‘ra: Har bir o‘quvchining maktabdagi vaqtidagi salomatligi va xavfsizligiga keng jamoatchilik vakillari, bloggerlardan ham ko‘proq ta’lim sohasi vakillari jon kuydirishlari zarur ekanligini hisobga olib 43-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi (D.Nasirdinov), maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (S.Ismanova)lar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi barcha tizimda faoliyat olib borayotgan rahbarlar, o‘qituvchilar va hodimlardan maktabdagi o‘quvchilarning har biriga o‘z farzandidek dahldorlik tuyg‘usida yondoshishni, ularning sog‘liklari va xavfsizliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi mana shunday holatlarga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qoladi", deyiladi munosabatda. 

Kiritildi: 11:42 23.11.2020. O'qildi: 3382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!