Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Andijonda uchta avtomashina avariyaga uchradi

Andijonda uchta avtomashina avariyaga uchradi

Yuk mashinasi BYD va Matiz bilan to‘qnashib ketgan.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB YHXB ma’lum qildi.

Hodisa Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tgan “Toshkent - O‘sh” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi U.M. o‘zining “Zil-53” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, oraliq masofa saqlay olmasdan, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bergan BYD hamda uning orqasidan kelayotgan Matiz rusumli transport vositasining orqa qismiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, transport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:58 24.09.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!