Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda paxtaga jalb etilgan tahririyat bosh muharririning o‘g‘lini yuk mashinasi urib ketdi

Andijonda paxtaga jalb etilgan tahririyat bosh muharririning o‘g‘lini yuk mashinasi urib ketdi

«Andijonnoma» gazetasi bosh muharririning o‘g‘li Saidjahon Xoldarovni paxta terimidan qaytayotganida katta yo‘l yoqasida yuk avtomashinasi urib ketgan. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda. U shoshilinch ravishda Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga og‘ir ahvolda yotqizilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, otasi Saidahmad Shukurov bosh muharrirlik qiladigan «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari tahririyatida kompyuter operatori vazifasida ishlab kelayotgan 24 yoshli Saidjahon Xoldarov 20 oktyabr, shanba kuni bir guruh hamkasblari bilan paxta terimiga borgan. Voqea soat 18 lar chamasi Qo‘rg‘ontepa tumanida, daladan qaytishayotgan chog‘da sodir bo‘lgan. Uni katta yo‘lda «ZIL» rusumli yuk mashinasi urib ketgan.

«Kun.uz» manbasining ma’lum qilishicha, paxta mavsumi boshlangandan buyon qator tashkilot, muassasa va idoralarning xodimlari yig‘im-terimda qatnashib kelishmoqda. Jumladan, «Andijonnoma» tahririyatining 10-15 nafar xodimi ham har kuni paxta terimiga jalb etib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun, «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari Andijon viloyati hokimligining nashri hisoblanadi.

Kiritildi: 16:01 23.10.2018. O'qildi: 1728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!